EChL. Yarim final oldidan to‘purarlar bilan tanishing

  • 22 aprel, 2023, 18:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi yakunlanib, yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Mazkur bosqichda "Real" Madrid Gvardiola boshliq "Manchester Siti" bilan bellashsa, "Inter" "Milan"ni imtihon qiladi. Uchrashuvlar may oyida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Evropaning eng nufuzli turniri hisoblangan ushbu musobaqada hozircha "shaharliklar" forvardi Erling Xoland 12 ta gol bilan to‘purar bo‘lib turibdi. Turnirni tark etgan "Liverpul" a’zosi Muhammad Salah va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe raqib darvozasini 8 marta ishg‘ol qildi. "Real" vingeri Vinisius Junior esa o‘z nomiga EChLning 2022/2023 yilgi mavsuumida 6 ta gol yozdirib qo‘ydi.

rpr

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!