Ederson: "Barcha mumkin bo‘lgan holatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak"

  • 30 may, 2023, 20:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” darvozaboni Ederson Moraes Chempionlar ligasi finalidagi raqibiga baho berdi. 

Bu juda qiyin bo‘ladi, Italiya jamoalari yaxshi himoyalanishadi va asosan qarshi hujum qilishadi. Ular asosan Lautaro Martines hisobiga qarshi hujum qilishadi. U juda ko‘p qirrali, kuchli zarbaga ega futbolchi. Biz barcha mumkin bo‘lgan holatlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Mag‘lubiyatga uchraganimizda ham, erta gol uradigan bo‘lsak ham bizda reja bo‘lishi kerak", - deya Edersonning so‘zlarini keltiradi "TNT Sports Brazil".

Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Istanbulda Xosep Gvardiola shogirdlari turnirning hal qiluvchi o‘yinida Milanning "Inter" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!