Ederson kelajagiga oydinlik kiritdi
"Manchester Siti"ning asosiy darvozaboni Ederson o‘zi haqida tarqalgan ko‘plab transfer xabarlariga munosabat bildirdi. Braziliyalik posbonning so‘zlarini BBC nashri keltirgan.
"Mening kelajagim shu erda — “Manchester Siti”da. Do‘stlarim menga turli xabarlarni yuborishadi, ammo ularning 99 foizi — feyk.
Men tushunaman: sizlarga layk yoki tanqid kerak bo‘ladigan yangiliklar kerak. Hammasini anglayman. Lekin men haqimda juda ko‘p asossiz gaplar yuribdi.
Mening fikrlarim shu erda. Men yana APL chempionligi uchun kurashmoqchiman va Chempionlar ligasini yutishga urinib ko‘raman", — deya ta’rif berib o‘tdi "shaharliklar" posboni.
Shunday qilib, tajribali darvozabon manchesterliklar safida qolish niyati qat’iy ekanini ma’lum qildi va uning nomiga bog‘langan transfer mish-mishlariga barham berdi.
Fikrlar