
Edersonning keyingi manzili aniq. Darvozabon ham bu transferga rozilik berdi
Insayder Yagyz Sabundjuoglu xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" va "Fenerbaxche" 32 yoshli darvozabon Ederson transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
"Shaharliklar" turk klubining 12 million evro va bonuslardan iborat taklifini qabul qildi. Edersonning o‘zi ham transferga rozilik berdi.
Braziliyalik posbonning manchesterliklardan ketishiga asosiy sabab - futbolchiga bildirilayotgan ishonch deyilmoqda. Shuningdek, jamoaga yozda yangi posbon Trafford kelib qo‘shildi va asosiy tarkib futbolchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, ayrim manbalarning ma’lum qilishicha, "Siti" Donnarumma bilan ham kelishuvga erishgan.
Fikrlar