Ehtiyot bo‘ling, eng xavfli ta’qibchi – “Siti”!

  • 23 dekabr, 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning mashhur futbolchilaridan Gari Nevill ayni paytda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritmoqda. U Angliya Premer-ligasida joriy mavsum chempionligi uchun kurash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tecno

Hozirgi paytda turnir jadvalida birinchi o‘rinni 39 ochko jamg‘argan “Arsenal” egallab turibdi. “Manchester Siti” esa ikki ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog‘onada bormoqda. “Aston Villa” 36 ochko bilan uchinchi qatordan joy olgan.

- Eng xavfli raqib “Manchester Siti”. Chunki ularda Erling Xoland bor, Pep Gvardiola bor. Maydonda ham, zaxira o‘rindig‘ida ham mutlaqo o‘ziga xos futbolchilar mavjud. Bu “Arsenal” uchun eng katta tahdiddir, - dedi Gari Nevill.

“Arsenal” so‘nggi marta 2004 yilda Angliya chempioni bo‘lgan. Oxirgi yillarda Mikel Arteta jamoasi bir necha bor chempionlikka yaqin keldi. Biroq har gal yoki “Manchester Siti”, yo “Liverpul”ni oldinga o‘tkazib yubormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!