"El-klasiko" oldidan “Barselona”da jiddiy yo‘qotishlar paydo bo‘ldi

  • 24.09.2022 17:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” himoyachilari Jyul Kunde va Ronald Arauxoning xalqaro o‘yinlarda olgan jarohati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Kunde chap sonining mushaklaridan jarohat olgan, Arauxoga esa o‘ng sonining qo‘shimcha mushagining payi qismi cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan.

Kataloniya klubi tiklanish vaqtini aytmadi, biroq "Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, ikkalasi ham kamida bir oy maydonga tusha olmaydi.

Shu tariqa, 16-oktyabr kuni “Real”ga qarshi o‘yinda Kunde va Arauxo "ko‘k-anorranglilar"ga yordam bera olishmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!