
"El-klasiko" oldidan "Barselona"da yana bir jiddiy yo‘qotish bo‘lishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya La Ligasining 30-turidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. B u haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi hali ham tizzasida og‘riq his qilmoqda. Shu sababli, u hozirda yakka tartibda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Jerar Pike joriy mavsum "Barselona"da jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
"Real" - "Barselona" uchrashuvi 10 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu ikki jamoa musobaqa jadvalida ham yonma-yon bormoqda. Kataloniyaliklar 65 ochko bilan 2-o‘rinda, madridliklar esa 63 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar