EL. "Lans" o‘z maydonida nemis klubi bilan durang o‘ynadi

  • 16.02.2024 02:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Lans" - "Frayburg" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Qayd etish lozim, nemis klubi bellashuv davomida ustunlik namoyish etdi. Biroq ular ushbu ustunlikni golga aylantira olmadi. 

Frantsiya klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov bellashuvning 89-daqiqasida maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!