Elanga ayni vaqtda dunyoning eng kuchli hujumchisi kim ekanligini aytdi

  • 19 iyul, 13:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antoni Elanga Aleksandr Isakni dunyoning eng yaxshi hujumchisi, deb atadi. 

Elanga va Isak Shvetsiya terma jamoasida birgalikda to‘p tepishadi. "Nyukasl" hujumchisiga "Liverpul" va "Al-Hilol" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. 

"Aleksning saviyasidagi o‘yinchilar atrofida har doim shov-shuvlar ko‘p bo‘ladi. U har doim diqqat markazida. 

Men uchun u "dunyodagi eng yaxshi hujumchi. Shuningdek, maslahat so‘rashim mumkin bo‘lgan ajoyib inson. Isak doimo menga yordam berishga tayyor va men undan juda minnatdorman",
- dedi "qarg‘alar"ning yangi futbolchisi. 

Ta’kidlash kerak, "Nyukasl" uni o‘tgan hafta "Nottingem Forest"dan 55 million evro evaziga sotib oldi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!