Eldor Shomurodov 2025 yilda qanday statistika qayd etdi?

  • 31.12.2025 13:26
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Eldor Shomurodov 2025 yilni “Roma” klubi safida boshladi. Futbolchi uchun yilning ilk oylarida mavsum omadli kechdi. U rimliklar tarkibida bir qator muhim uchrashuvlarda gol urib, jamoasining g'alabalariga hissa qo'shdi. Shomurodov A Seriya, Yevropa ligasi va Italiya kubogi bahslarida maydonga tushdi.

“Roma” tarkibidagi statistkasi (2025 yil):

Yevropa ligasi: 4 ta o'yin, 2 ta gol, 1 ta assist

A Seriya: 19 ta o'yin, 3 ta gol, 3 ta assist

Italiya kubogi: 1 ta o'yin, 0 ta gol, 0 ta assist

O'zbekiston milliy terma jamoasi safida:

10 ta o'yin, 2 ta gol, 0 ta assist

Yozgi transferlar oynasida Eldor Shomurodov Turkiyaning “Istanbul Boshakshehir” klubiga ko'chib o'tdi va yangi jamoasida quyidagi natijalarni qayd etdi.

“Istanbul Boshakshehir” tarkibidagi statistkasi:

Konferensiya ligasi saralashi: 6 ta o'yin, 0 ta gol, 1 ta assist

Turkiya Superligasi: 17 ta o'yin, 12 ta gol, 3 ta assist

Turkiya kubogi: 1 ta o'yin, 0 ta gol, 0 ta assist

Eldor Shomurodovning 2025 yildagi umumiy statistkasi:

O'yinlar: 58 ta

Gollar: 19 ta

Assistlar: 8 ta

Shomurodov uchun 2025 yil samarali o'tdi. U ayni damda Turkiya Superligasining to'purarlar ro'yxatida peshqadam bo'lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!