
Eldor Shomurodov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki zaxiradan? - "La gazzetta dello sport" nashrining taxmini (Foto)
Bugun Italiya chempionatida 10-turidan o‘rin olgan 6 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Ular orasida "Roma" ishtirokidagi bellashuv ham bor.
Joze Mourino shogirdlari safarda "Kalyari" bilan kuch sinashadi. Eldor Shomurodov jamoasi turnir jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgan klub bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
Italiyaning mashhur nashrlaridan biri "La gazzetta dello sport" mazkur bellashuvning taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi. Unga hamyurtimiz zaxirada qoldirilgan. Asosiy tarkibda doimgidek Temmi Abraxam kiritilgan.
Fikrlar