Eldor Shomurodov: "Faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz"
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov "Instagram" safihasida Konferentsiyalar Ligasi yarim final bosqichi doirasidagi "Lester"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.
"Lester Siti" bilan uchrashuvga tayyorgarlik... Jamoadoshlarim bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz va muxlislarimizni o‘z o‘yinimiz bilan xursand qilamiz, degan umiddamiz", - deya yozib qoldirgan Shomurodov.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv bugun tunda 00:00da start oladi.

Fikrlar