Eldor Shomurodov Genuyaga yo‘l oldi

  • 21.11.2021 09:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

20 noyabrdan Italiyada 13-tur bahslari start oldi. Biz uchun ahamiyatlisi, "Roma" bugun "Jenoa" bilan kuch sinashadi.

O‘yin safarda bo‘lib o‘tadi. Rimliklar Eldor Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.

"Roma" ayni paytda 12 turda 19 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Jenoa" esa shuncha o‘yinda 9 ochko jamg‘argan holda 17-pog‘onani band etgan. Eldor Shomurodov 10 uchrashuvda bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!