Eldor Shomurodov jamoasining "Krasnodar"ga qarshi o‘yiniga chiqarilgan chiptalar sotib bo‘lindi

  • 30.10.2019 16:35
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Rossiya chempionati 15-turida "Krasnodar" - "Rostov" uchrashuvi o‘tkaziladi. Ushbu o‘yin 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:30da start oladi.

Ushbu o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar sotib bo‘lindi. Bu haqda "Krasnodar" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Rostov" ayni payt turnir jadvalida 29 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. "Krasnodar" esa 28 ochko jamg‘argan holda 4-pog‘anani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
30/10/2019 16:45
Элдор шомуродов борлиги учун ростов ютишини хоҳлайман. лекин краснодар кучли. ўйин ўз уйида бўлади