Eldor Shomurodov Olimpiya terma jamoamizning vazifasi nima ekanligini aytdi

  • 24 iyul, 2024, 21:39
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada doirasida O‘zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz "Qizil Furiya"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Ispanlar safida Pubil hamda Gomes gol urgan bo‘lsa, vakillarimizning yagona goli Shomurodov tomonidan urildi. 

Shu tariqa, vakillarimz turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi. 

O‘yindan so‘ng termamiz sardori Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

- Raqibning darajasidan kelib chiqsak, yomon o‘ynamadik deb o‘ylayman. Xatolar evaziga mag‘lub bo‘ldik.

- Olimpiada o‘yinlaridagi tarixiy golga mualliflik qildingiz. Bu keyingi uchrashuvda jamoaga dalda beradimi? 

- Bizning vazifamiz guruhdan chiqish. Ispaniyaga qarshi yigitlar yaxshi harakat qildi. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q. Oldinda ikkita o‘yin bor va mazkur bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
25/07/2024 07:18
Тўппа - тўғри. Ҳали ҳеч нарса йўқотганимиз йўқ. Испанларни финалда ютамиз.