Eldor Shomurodov "Yuventus" skautlari nigohida

  • 14 aprel, 2021, 13:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha oy avval Italiyada shov-shuvli xabar chop etilgandi. "Yuventus" hamyurtimiz Eldor Shomurodovga qiziqayotgani borasida. Mamlakat nashri shu haqda bong urdi. Bu orada ushbu ma’lumotlarga ishonmaganlar ham bor edi. Ammo Tuttosport nashri bosh sahifasida yozib chiqdi.

Tecno

Turinliklarning Shomurodovga e’tibor qaratgani qanchalik asosli ekani borasida rossiyalik jurnalistlar ma’lumotlar to‘play boshladi va bu haqiqatga yaqinligini "Match TV" ko‘rsatuvlarida ma’lum qilishdi.

O‘z navbatida Italiya OAVning birida Turin superklubi hali ham Eldor variantidan qaytmagan va "Yuventus"ning "Jenoa"ga qarshi bahsini kuzatgan. Ammo bu uchrashuv orqali skautlar Shomurodov borasida biror bir fikrga kelgan bo‘lishi qiyinligi aytildi. Chunki hujumchi bellashuvda deyarli imkoniyatga ega bo‘lmadi va zaxiradan maydonga tushirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!