Eldor Shomurodovning sobiq klubiga taqiq qo‘yildi

  • 15.01.2026 02:34
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 13 yanvardan boshlab Rossiyaning "Rostov" klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni uchta transfer oynasi davomida taqiqlandi. Bu haqida tashkilotning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

"Rostov" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, klubning urugvaylik "Penyarol" jamoasi oldida qarzi mavjud. Ushbu qarz 2024 yilda yarim himoyachi Rodrigo Saraviya ning transferi bilan bog‘liq. Ta'kidlanishicha, futbolchi uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilmagan va bir necha tranzhlarga bo‘lingan. Klub rahbariyati yaqin vaqt ichida ushbu muammoni hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishini bildirgan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, Saraviya ning transfer qiymati 1,95 million evro ni tashkil etgan. Hozirda u Argentinaning "Belgrano" klubida to‘p tepmoqda.

Shuningdek, 2025 yil dekabr oyida Rossiya Federal soliq xizmati "Rostov" ning 11 ta hisob raqamidagi moliyaviy operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatgan. Chempionat portali xabariga ko‘ra, jarimalar bo‘yicha qarzdorlik 2,8 million rubl ni tashkil etadi.

Rossiya Premier-ligasining 18-turidan so‘ng jamoa 21 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi. Ma'lumot uchun, Shomurodov 2020 yilda ushbu jamoadan "Jenoa"ga 9,5 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!