Elina Svitolina g‘alaba uchun uch soat sarfladi

Ukrainalik Elina Svitolina va avstraliyalik Eshli Barti o‘rtasidagi uchrashuvga AQShning Indian-Uells shahri mezbonlik qildi.

Uch soatdan 12 daqiqa ko‘proq davom etgan mazkur o‘yinda Elina dastlabki setda tay-brekda zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi setda 5:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hal qiluvchi so‘nggi uchinsi setda Svitolina 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa "BNP Paribas Open" musobaqasining chorak finaliga chiqqan Svitolina navbatdagi bosqichda chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!