Elnur Abduraimov 2-raunddayoq raqibni ringga qulatdi
Hamyurtimiz Elnur Abduraimov bugun Ekaterinburgda o‘zining professional boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazdi. Bu safar unga mezbon bokschi - Dmitriy Xasiev (8-1-2, 2KO) raqiblik qildi. Bokschimiz mazkur jangning ikkinchi raundidayoq raqibni texnik nokautga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Elnur Abduraimov profi boksdagi faoliyatini 2018 yilda boshlagan va hozirga qadar 3 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqibni nokautga uchratgan.
Xasiev esa professional boksga 2015 yilda kirib kelgan.

Fikrlar