Emelyanenko Xaritonov bilan jang uchun qancha so‘ramoqda yoxud promouterdan unga antiqa javob

  • 21.03.2020 12:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

    Rossiyalik promouter, WTKF ligasi rahbari Vladimir Xryunov Aleksandr Emelyanenkoning Sergey Xaritonov bilan jangi uchun million dollar so‘rashi mumkinligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

Avvalroq, Emelyanenko “SE”ga agar Xaritonov u bilan jang uchun 500 ming dollar so‘rasa, undan ikki baravar ko‘proq pul talab qilishini aytgandi.

"  Men Emelyanenkoni juda hurmat qilaman. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Lekin men uni belgilangan me’yordan o‘tmasligini so‘rayman. Shuningdek, shaxsiyatga tegmasligini maslahat berardim. Aks holda bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, u "Axmat" klubida yaxshi tayyorlanmoqda va Xaritonovni osonlikcha mag‘lub etishiga ishonmoqda. Ammo Sergey hozir “Vityaz” klubi a’zosi va uning infratuzilmasi “Axmat” klubi darajasida desak yanglishmagan bo‘lamiz va Seryoja allaqachon tayyorgarlikni boshlagan.

"  Menga million ber" deb aytgan so‘zlariga, shunday degan bo‘lardim: bizda bu mablag‘ bor, lekin mening o‘ziga xos taklifim mavjud. Ya’ni, g‘olib pulni oladi. Winner takes it all ( G‘alba qozongan jangchi barchasini oladi) Agar, kuchli bo‘lsang albatta, bunga rozi bo‘lasan. Og‘izda gapirish oson. Demak, sen g‘alaba qozonishga tayyorsan. Senda yutqazib qo‘yish xavotiri yo‘q. Xush kelibsan!”,-dedi rossiyalik promouter.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Emelyanenko MMAda 28 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. 39 yoshli Xaritonov esa 31 g‘alaba va 8 mag‘lubiyatli ko‘rsatkichga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!