Emeri: Mbappening jarohati jiddiy emasligiga umid qilaman
PSJ jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri “Marsel”ga qarshi (3:0) Frantsiya Kubogi 1/4 finalidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mutaxassis o‘yin davomida jarohat olib maydonni tark etgan Kilian Mbappe haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Uning oyog‘iga zarba berishdi va u tanaffus vaqtida zaxiraga olinishini so‘radi. Umid qilamanki, uning jahorati jiddiy emas”, – dedi Emeri.
Avvalroq PSJ hujumchisi Neymar shu hafta oxirida operatsiya qilinib, “Real”ga qarshi nimchorak final javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi. Mbappe ham 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinni qo‘yib yuborishi mumkin.
Fikrlar