Endi bir terma jamoada o‘ynagan futbolchi boshqa terma jamoada ham o‘ynashi mumkin
FIFA Kongressi milliy terma jamoa a’zolarining o‘yinlariga oid qoidalarga o‘zgartirishlar kiritilishini ma’qulladi.
Unga ko‘ra, endi futbolchilarga milliy terma jamoada bitta rasmiy o‘yin o‘tkazgan taqdirda ham ularni almashtirishga ruxsat beriladi, deb aytmoqda BBC muxbiri Pirs Edvards.
Faqat bitta sharti - bu o‘yin yirik turnirning final qismi, masalan, jahon chempionati o‘yini bo‘lmasligi kerak.

Fikrlar