
Endi bu yulduzlar kerak emas
Joriy mavsumda chempionlikka erisha olmagan “Napoli” yozgi transferlar vaqtida etakchi futbolchilarini sotib, ularning o‘rniga boshqa ijrochilarni olib kelishni maqsad qilmoqda.
Manbalarning ta’kilashicha, klub rahbariyati jamoani Fabiana Ruis, Kalidu Kulibali, Nikola Maksimovich, Elsaid Xyusay va Lorentso Insineni sotib yuborishga qaror qilgan.
Klub xo‘jayinlari yozgi transferlardan 168 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘ yangi o‘yinchilarni xarid qilishga sarflanadi. Xususan, “Napoli” murabbiylar shtabi Erik Lamela va Rodrigo de Paul kabi iste’dodli futbolchilarni olib kelinishini istamoqda.
Fikrlar