Endi Ruisning navbatdagi raqibi ma’lum! Jang sanasi rasman e’lon qilindi

  • 3 mart, 2021, 07:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Endi Ruis o‘zining navbatdagi jangini Kris Arreolaga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Jang 24 aprel kuni o‘tkaziladi va "Fox" kanali orqali pullik translatsiyaga qo‘yiladi. Jang manzili hozircha ma’lum emas.

Tecno

Endi Ruis ( 33-2, 22KO) 2019 yil iyul oyida 3 yo‘nalish chempioni Entoni Joshuani sensatsion nokautga uchratib, barchani lol qoldirgan edi. Shu yilning o‘zida bo‘lib o‘tgan revansh jangida esa, Ruis ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergan va Joshua kamarlarni qaytarib olgan edi.

Kris Arreola ( 38-6-1, 33 KO) 2016 yilda Deontay Uaylderdan mag‘lubiyatga uchragach, Maurentso Smit va Jan Augustin ustidan g‘alaba qozondi. 2019 yilning avgust oyida bo‘lgan Adam Kovatskiga qarshi jangda esa ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!