Endrik nega "Real"ni tark etdi? Agent izoh berdi

  • 10.02.2026 00:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Endrikning agenti Tiago Freytas mijozining "Real"dan ketish sabablarini tushuntirdi.

Yanvar oyida braziliyalik hujumchi mavsum yakuniga qadar ijaraga asosida "Lion"ga o‘tdi.

— Nima uchun Endrik "Real"ni tark etdi?

— Endrik "Real" safida juda kam daqiqa o‘ynadi. Chunki hujum chizig‘iga qarasangiz, dunyoning eng yaxshi o‘n futbolchisidan sakkiztasi shu jamoada o‘ynaydi — FIFA talqiniga ko‘ra eng yaxshi futbolchi Vinisius Juniyor, ajoyib Mbappe, kelajakda dunyoning eng yaxshisiga aylanishi mumkin bo‘lgan Jud Bellingem va Chempionlar ligasida ko‘plab muhim o‘yinlarda hal qiluvchi rol o‘ynagan Rodrigo. Bunday klubga 18 yoshli futbolchi kelib, kam o‘yin amaliyoti olishi mutlaqo tabiiy.

Yana bir jihat — Endrik mavsumni jamoa bilan birga boshlamadi. U klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun AQShga bormadi va jarohat oldi. "Real" kabi jamoada uch-to‘rt oy tarkibdan chiqib ketsangiz, shaklni tiklashda qiyinchilikka duch kelishingiz tabiiy.

— Karlo Anchelotti unga jahon chempionati oldidan ko‘proq o‘ynash uchun boshqa jamoaga o‘tish masalasini muhokama qildimi?

— Ha, Endrik Anchelotti bilan gaplashdi va, albatta, bu masalani Xabi Alonso bilan ham muhokama qildi. U yosh, ular esa juda tajribali. Ular futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham g‘olib insonlar, shuning uchun ularning har qanday maslahatі beqiyos ahamiyatga ega, — dedi Freytas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!