“Energetik-BGU”ni Yaxshiboev ushlab turgan ekan. Jasursiz jamoa sharmanda bo‘ldi

  • 12.07.2020 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol

Belarus chempionatining 17-turida Jasur Yaxshiboevning sobiq jamoasi “Energetik-BGU” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Chempionatning o‘rtamiyona jamoalaridan “Rux”ni qabul qilgan “talabalar” asosiy tarkib bilan to‘p surganiga qaramay, amalda 1:8 hisobida engildi. Mezbonlar tarkibida hamyurtimiz Shahboz Umarov 50 daqiqa o‘ynadi.

“Energetik-BGU” asosiy kuchi – Jasur Yaxshiboev va Devid Tveni boshqa jamoaga berib yuborgani minskliklarga qimmatga tushadigan ko‘rinadi. Jamoa tarkibida ularning o‘rnini bosadigan futbolchi ko‘rinmayapti.

Zo‘r to‘purar jamoa tanlamaydi yoxud Yaxshiboev yakka peshqadam!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
13/07/2020 07:01
Анекдот ёзишибдими
Rustam Raxmatullaev
12/07/2020 22:26
Omadga ham bog'liq.