
Eng qimmat darvozabon zaxiraga ham yaramay qoldi
London klubi asosiy tarkibdagi o‘rnini Eduar Mendiga boy bergan dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaganing zaxirada ham olib qolmaydigan bo‘ldi. Ispaniyaning golkiperning o‘yinida ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rmagan “Chelsi” rahbarlari undan tezroq qutilmoqchi.
“Chelsi” mutasaddilari Mendiga o‘rinbosar sifatida boshqa darvozabon olib keladi. HozirchaYu ular “Udineze” posboni Xuan Mussoni ko‘zlab turibdi.
Argentinalik darvozabon uch yildan buyon A Seriyada o‘ynamoqda. Shu kunga qadar 74 ta o‘yinda maydonga tushib, shulardan 24 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
26 yoshli Mussoning transferi 30 million evroga baholangan. Unga PSJ va “Inter”dan ham taklif bo‘lmoqda.
Fikrlar