Eng zo‘r atletlar Chirchiqqa keldi

BEPUL PROPAN

Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida engil atletika bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tkazilmoqda.

Kubok bahslarining ilk kunida 60 va 800 metr masofaga yugurishda Sharifa Davronova hamda Sabohat Samijonova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan bo‘lsa, to‘siqlar osha 3 ming metr masofaga yugurishda Dilshoda Usmonovaga teng keladigani topilmadi.

Ushbu masofalarga erkaklar o‘rtasida yugurish bahslarida Sunnat Ismoilov, Hayotbek Ahmedov va Rahmatulla Nuraliev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Balandlikka va uzunlikka sakrashda, Barnoxon Sayfullaeva, Roksana Xudoyorova, Sarvar Meliev kabi atletlarimiz eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa, yadro uloqtirishda kutilganidek Malika Nasriddinova hamda Rashidbek Sodiqov g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!