Eng zo‘r transfer Xolandniki emas...
“Aston Villa”ning sobiq hujumchisi Gabriel Agbonlaxor Angliya premer-ligadagi eng zo‘r transfer sifatida Erling Xolandni “Manchester Siti”ga o‘tganini emas, balki “shaharliklar” hujumchisi Gabriel Jezusning “Arsenal”ga o‘tganini tan olishini bildirdi.
Xoland Dortmundning “Borussiya” jamoasidan 51 million funtga transfer qilindi va Angliya chempionatidagi debyut mavsumida to‘qqizta uchrashuvda raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qildi.
Lekin Agbonlaxor “Arsenal” rahbariyati “Manchester Siti”dan 45 million funtga sotib olgan Jezus jamoasining o‘yini yaxshilanishiga Xolandga nisbatan ko‘proq hissa qo‘shganini ta’kidlamoqda.
- Gabriel Jezus “Arsenal”ni umuman boshqa jamoaga aylantirdi. Endi “kanonirlar” himoyachilarga to‘xtovsiz bosim qiladigan hujumchiga ega bo‘ldi, - dedi Agbonlaxor.
Fikrlar