Engil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi

BEPUL PROPAN

 

14-16 mart kunlari Qarshi shahrida engil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi, deya ma’lum qilmoqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati. 

2003-2004 yillardan keyin tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan bahslarda mamlakatimizning turli xududlaridan tashrif buyurgan yosh atletlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji maneji mezbonlik qiladigan musobaqada sportchilar 60 metrga to‘siqlar osha yugurish, shuningdek, 60, 200, 400, 800, 1000, 1500 metrlarga yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzoqlikka sakrash, uch xatlab sakrash, estafeta, beshkurash hamda oltikurash yo‘nalishlarida o‘zaro bellashadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!