
Engil atletika. Shohruh Davlatov yarim marafonda afrikalik raqibini ortda qoldirdi
Tojikistonda “Dushanbe XIII xalqaro yarim marafon” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda Belarus, Kanada, Keniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Ukraina, Frantsiya, Xitoy, AQSh, Eron, Efiopiya kabi mamlakat vakillari ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, musobaqada terma jamoamiz etakchisiga aylanib ulgurgan Shohruh Davlatov 1:01:24 (1 soat 1 daqiqa 24 soniya) hamda Ekaterina Tunguskova 1:13:31 vaqt ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Ahamiyatlisi, har ikki natija mamlakat rekordi sifatida qayd etildi.
Erkaklar:
1. Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) – 1:01:24
2. Girsha Tilaxun (Efiopiya) – 1:13:26
3. Rahimjon Kelmanov (Qozog‘iston) – 1:06:46
Ayollar:
1. Ekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 1:13:31
2. Ulyana Kuzminova (Tojikiston) – 1:22:26
3. Zulxijja G‘afforzoda (Tojikiston) – 1:28:09
Manba: MOQ
Fikrlar