
Engilmas bokschilar o‘rtasidagi jang bekor qilindi(mi?)
Jaron Ennis (33-0, 29 KO) va kichik Virjil Ortis (22-0, 21 KO) o‘rtasidagi 22 fevralga belgilangan jang o‘tkazilmaydi. Bu haqda amerikalik jurnalist Den Rafael xabar bermoqda.
Bu boradagi muzokaralar uzilib qolgani bois endi Ortiz yarim o‘rta vazn toifasida WBC va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Sebastyan Fundora (21-1-1, 13 KO) bilan jang qilishi rejalashtirildi.
Ma’lumot uchun, o‘zining so‘nggi uchrashuvida Fundora Tim Tszyudan ochkolar bo‘yicha ustun kelgan. 26 yoshli Ortis esa bu yil 69 kilogramm vazn toifasida debyutini o‘tkazgan va Sergey Bogachukni mag‘lub etib, vaqtinchalik WBC kamarini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar