
Enrike Londonga ketdi!
Luis Enrike "Chelsi" rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Londonga jo‘nab ketdi. Bu haqda jurnalist Jerar Romero o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis kelasi hafta bo‘ladigan Chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi o‘yindayoq jamoani maydonga boshlab tushishi mumkin. Hammasi Enrike va «Chelsi» xo‘jayini Todd Bouli o‘rtasidagi uchrashuv natijasiga bog‘liq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, “Chelsi”ning qishki transferlari va jamoaning raqobatbardosh tarkibi Enrikeni klub taklifini o‘rganishga undagan omillardan biri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi”ning “Real”ga qarshi birinchi o‘yini 12 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar