Enrike: "Uyga qaytib, oilam va itlarimni ko‘rishni xohlayman"

  • 07.12.2022 18:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Marokashga uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. 

Bilasiz, kecha "qizil furiya" JCh-2022 nimchorak finali doirasida Marokashga (0:0) penaltilar seriyasiyada mag‘lub bo‘ldi.  

- Hozir bu savolning vaqti emas. Menda metrodan ko‘ra ko‘proq chiqish yo‘llari bor. Men uyga qaytib, oilam hamda itlarimni ko‘rishni hamda ular bilan birga bo‘lishni istayman. 

Shuningdek, u kelajagi haqidagi savolga ham javob berdi: 

- Jamoaning keyingi uchrashuvlarga qadar vaqti bor. Mening shartnomam muddati ham tugadi. To‘g‘risi, bu erda o‘zimni yaxshi his qilyapman. O‘zimga qolsa, rahbariyat tomonidan ko‘rsatilayotgan mehrni inobatga olib, butun umr shu erda qolishga tayyorman. Men o‘zim va federatsiya uchun nima yaxshiroq bo‘lishini o‘ylab ko‘rishim kerak. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!