Entoni Joshua raqibi Kubrat Pulevga o‘ziga xos baho berdi

  • 10.12.2020 08:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Super og‘ir vaznda WBA, WBO va IBF, IBO yo‘nalishlari chempioni Entoni Joshua (23-1, 21 KO) bolgariyalik Kubrat Pulev (28-1, 14 KO) bilan jangi borasidagi o‘z fikrlarini bildirdi.

“Unga nisbatan menda  ko‘proq motivatsiya mavjud. Hech bo‘lmasa, men shunday, deb o‘ylayman. O‘zimni xuddi tajribali da’vogar sifatida his qilyapman. Shuningdek, g‘alaba qozonish uchun tayyorgarlik paytida bor kuchim bilan harakat qilganimni ham bilaman.

Umid qilamanki, jang qiyin bo‘lmaydi. Pulevda ajoyib “jeb” zarbalari bor. Evropa uslubi, u yaxshi zarbalar yo‘llay oladi, ammo men jangni 7 va 9-raundlar oralig‘ida yakunlayman”, - dedi Joshua.

Eslatib o‘tamiz, Joshua va Pulev o‘rtasidagi jang 12 dekabr kuni Londonda  O2 arenasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!