Entso Mareska: "Chelsi" — ulkan va afsonaviy klub"
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning tarixi haqida fikr bildirdi.
"Chelsi" — afsonaviy, juda katta klub. Hozirgi strategiyamiz yosh futbolchilarga ishonib, ular bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishdan iborat. Futbol olamida eng muhimi — natija. Hozircha natijalarimiz yaxshi va bundan hammamiz juda mamnunmiz", — dedi Mareska "Dello Sport" festivalida.

Eslatib o‘tamiz, Entso Mareska 2024 yil yozida "aristokratlar"ni boshqarishni boshlagan. Hozirgi kunda londonliklar Angliya Premer-ligasi jadvalida ettinchi o‘rinni egallab turibdi va ettita uchrashuvda 11 ochko to‘plagan. 18 oktyabr kuni klub safarda "Nottingem Forest" bilan to‘qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:30’da start oladi

Fikrlar