Erdog‘an Ronalduga bo‘lgan siyosiy bosim haqida gapirdi
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Ronalduning atrofidagi vaziyat haqida gapirdi.
"Hozir Ronaldu va Messini solishtirishning vaqti emas. Afsuski, unga nisbatan siyosiy sanktsiyalar qo‘llanildi.
Bunday futbolchini ikkinchi taymda 15 daqiqa yoki yarim soat o‘ynatib, uning psixologiyasiga ta’sir ko‘rsatishdi va quvvatini tortib olishdi.
Ronaldu falastinliklarni qo‘llab-quvvatlaydi", - deya Erdog‘anning so‘zlarini keltirdi "Goal" nashri.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Krishtianuning Saudiya klubiga o‘tayotgani haqida gapirgandi.
Fikrlar