
Erik Dayer yozda "Bavariya"ni tark etadi
Erik Dayer joriy mavsum yakunlanganidan keyin "Bavariya"ni tark etadi. Bu haqda klub sport direktori Kristof Froynd ma’lum qildi.
"Dayer bizga yangi mehnat shartnomasini imzolamasligini ma’lum qildi. U "Bavariya"ni tark etadi. "Biz uning qarorini hurmat bilan qabul qilamiz", - deya Froyndning so‘zlarini keltirdi insayder Fabritsio Romano.
Oldinroq matbuotda angliyalik futbolchi faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Joriy mavsumda himoyachi "qizillar"ning 25 o‘yinida ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar