Erik ten Hag: "Menga "Bayer"da o‘z ishimi ko‘rsatish imkonı berilmadi"
Niderlandiyalik murabbiy Erik ten Hag "Bayer"da ishlash imkonі qisqa bo‘lganidan noroziligini bildirdi.
Mutaxassis Leverkuzen klubida bosh murabbiy etib tayinlanganidan uch oy o‘tib ishdan bo‘shatilgan edi.
— Meni ishіm samara berayotganini ko‘rsatishga ulgurmasimdan bo‘shatishdi. Agar rezyumemga nazar tashlasangiz, u har doim yetarlicha yaxshi bo‘lgan. Men ishlaydigan uslub esa doim muvaffaqiyatga olib kelgan.
Albatta, bu holat insonni ranjitadi, ammo futbol dunyosi shunday. Faqat Xabi Alonso va "Real"ga qarang. U bilan ham shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgan, holbuki u — yuqori darajali murabbiy. Bu deyarli barcha bilan sodir bo‘ladi, — dedi hozirda "Tvente" klubining texnik direktori lavozimida ishlayotgan ten Hag.

Fikrlar