
Eriksen APLga qaytadi!
Kristian Eriksen qishgi transferlar oynasida APLga qaytishi kutilyapti. Katta ehtimol bilan futbolchi fevraldan yana ”tumanli albion”da to‘p tepadi.
"Mirror" nashrining xabar berishicha, daniyalik pleymeyker maoshi keskin kamayishiga ham rozi. Uning asosiy istagi – avvalgi darajasini tiklab, Qatardagi Jahon Chempionatida ishtirok etish.
Eslatib o‘tamiz, Eriksen yuragiga maxsus qurilma o‘rnatilgandan so‘ng, uning A Ceriyadagi faoliyatiga yakun yasalgandi. Sababi Italiyada ushbu moslama bilan maydonda harakatlanish mumkin emas.
Hozirda Kristian erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar