
Eriksen Milanda qolishi mumkin
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Daniya terma jamoasi a’zosi “neradzurrilar”ning hamshahari "Milan"ga o‘tishi mumkin.
Bundan avvalroq, Eriksenga "Bavariya", PSJ va "Arsenal"dan ham qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eriksen joriy mavsum “Inter” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar