Eriksen: "Real" mening transferim bo‘yicha hali "Tottenxem" bilan bog‘lanmadi

  • 5 iyun, 2019, 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen o‘zining “Real”ga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

Tecno

“Real”ga o‘tish, oldinga qadam tashlash bo‘lgan bo‘lardim. Biroq, buning uchun madridliklar “Tottenxem” bilan bog‘lanishlari va mening xizmatlarimga qiziqish bildirayotganliklari haqida ma’lum qilishlari kerak. Bilishimcha, bunday holat hali yuz bermadi”, - deydi 27 yoshli daniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” rahbariyati Eriksenni sotib olishga qiziqish bildirayotgani, biroq, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bu o‘ringa MYu xavbeki Pol Pogbani olib kelish istagida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Eriksen o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida jami 56ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!