
Eriksen "Tottenxem"dan aniq ketadi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen jamoani o‘zgartirmoqchi va klub lagerini tark etishini tan oldi. Eriksen "Tottenxem" safiga 2013 yilda qo‘shilgan, klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq, matbuotda "Real" yarim himoyachiga qiziqish bildirgani ta’kidlangan edi.
- Hozir men faoliyatimning yangi bosqichida turibman. "Tottenxem"dagi tajribamni juda qadrlayman, bu erda hech qanday salbiy holatlar bo‘lmadi. Lekin men qandaydir yangilik istayman. Umid qilamanki, yozda aniq bo‘ladi, garchi futbolda hech narsani ma’lum bo‘lmaguncha bashorat qila olmaysiz. Bu har qanday vaqtda yuz berishi mumkin, - dedi "shporlar" yarim himoyachi.
O‘tgan mavsumda daniyalik Angliya premer-ligasida 35 o‘yin o‘tkazib, 8 gol urdi va 12 golga assistentlik qildi.
Fikrlar