
Eriksen uchun kurashga "Inter" ham qo‘shildi
Milanning "Inter" klubi "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksen uchun "Real" Madrid bilan raqobatlashishga tayyor.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” mavsumlar oralig‘ida jamoaga mahoratli pleymeyker olib kelishni rejalashtirishgan va bu borada 27 yoshli daniyalik futbolchi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq, ushbu transferga faqat bir narsa – juda baland narx to‘sqinlik qilishi mumkin. Boisi, “shporlar” Eriksen uchun 113 mln evro talab qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Eriksen yakunlangan mavsum “Tottenxem” safida 51ta o‘yinda ishtirok etdi va 10ta gol hamda 17ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar