Eriksen uchun kurashga "Milan" ham qo‘shildi

  • 28 iyul, 2019, 19:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksen uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 28 yoshli daniyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. “Shporlar” esa uning transferini 70 mln evroga baholashmoqda.

Ta’kidlash lozimki, Eriksenga shuningdek "Manchester Yunayted", "Atletiko" iva "Real" kabi jamoalardan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Eriksen o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida jami 51ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 17ta golli uzatmaga muallifik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!