Eriksenga APLning qaysi klubi taklif bilan chiqayotgani ma’lum bo‘ldi
"Tottenxem" va "Inter" klublarining sobiq yarim himoyachisi Kristian Eriksen yaqin orada qaerga borishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
The Athletic xabariga ko‘ra, 29 yoshli daniyalik futbolchi “Brentford”dan aniq taklif olgan. Premer-liga klubi Eriksenga keyinchalik bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma tuzishga tayyor.
Dekabr oyi o‘rtalarida "Inter" Kristian bilan shartnomani bekor qildi va shundan beri u erkin agent maqomiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Evro-2020 paytida Eriksen yurak xurujiga uchragach, yuragiga kardioverter-defibrilator o‘rnatilgan edi. Italiyada esa bunday qurilma o‘rnatilgan futbolchilar o‘ynashi taqiqlanadi.



Fikrlar