
Ernesto Valverde: "Barselona" Messisiz o‘ynashni o‘rganishi kerak"
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing ilk turida "Atletik"(0:1)dan uchralgan mag‘lubiyat borasida fikr bildirdi.
"Masala, mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rganimizda emas, balki bugungi o‘yinda. Birinchi bo‘limda yaxshi futbol namoyish qila olmadik. Biz aniq vaziyatlarni yaratgan bo‘lsak-da, o‘yinni nazorat qila olmadik.
Ikkinchi bo‘limda biz ustunlik qildik, ammo raqib hotirjam harakat qildi, shuning uchun xavfli vaziyatlarni yaratish qiyin bo‘ldi.
Biz Leo yordam beradigan vaziyatlarga o‘rganib qolganmiz, ammo u bo‘lmagan paytlarda ham o‘ynashni o‘rganishimiz kerak.
Messisiz ham yaxshi o‘yinlarni o‘tkazganmiz. Albatta, Bilbaoda o‘ynaganingizda Messining o‘rni bilinadi," - dedi Valverde.
Fikrlar