
Ernesto Valverde "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdan so‘ng hakamlardan norozi bo‘ldi
Ernesto Valverde boshchiligidagi "Atletik" Evropa ligasining yarim final ilk o‘yinida Ruben Amorimning "Manchester Yunayted"i bilan kuch sinashib, yirik 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi hakamlarga norozilik bildirdi.
Birinchi taymda hakam Espen Eskos MYuning foydasiga penalti belgiladi — Dani Vivian qanotdan kelgan uzatmadan so‘ng Rasmus Xoylundni jarima maydonida ushlab qoldi. Vivian uchun bu harakat qizil kartochka bilan jazolandi.
Bu vaziyatdan bir necha soniya oldin "Yunayted"ning vingeri Alexandro Garnacho hujum paytida yiqildi va to‘p, ehtimol, qo‘liga tegdi.
Valverde shunday dedi:
"Penalti va chetlatish o‘yinga juda katta ta’sir qildi. Ungacha biz ustunlik qilayotgandik, gol urmagan bo‘lsak-da, imkoniyatlar yaratdik.
Garnachoning penaltidan oldin qo‘li bilan o‘ynagani bo‘yicha e’tiroz bildirdik... Menimcha, bu epizod aniqroq edi.
Biz uchun juda qattiq jazo bo‘ldi — 0:2 va butun o‘yinni bir kishi kam o‘ynadik, ustiga-ustak Viviansiz."
Maguayrning Maroan Sannadni ushlab qolishi haqida:
"Mendan so‘rasangiz – bu qizil kartochka, lekin aniq bilmayman. Biz uchun bu fol edi, lekin qizil kartochkami yoki yo‘qligini ayta olmayman" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar