Eron AQSh harbiy operatsiyasi sabab jahon chempionatiga bormasligi mumkin
Eron milliy terma jamoasi mamlakatga nisbatan AQSh siyosati sababli futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca nashri.
28 fevral ertalab Isroil Eronga dastlabki zarbani berdi, bir necha soatdan keyin esa AQSh prezidenti Donald Tramp yirik harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Eron esa Isroil va Yaqin Sharq mintaqasidagi AQSh harbiy bazalariga raketa zarbalari bilan javob qaytardi.
Eron terma jamoasi Osiyo mintaqasi saralash turnirida o‘z guruhida birinchi o‘rinni olib, 2026 yildagi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Forslar qur’a natijasiga ko‘ra, mundialning “G” guruhiга tushgan va Belgiya, Misr, Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan bir kvartetdan joy olgan. Jamoaning guruh bosqichidagi uchala uchrashuvi AQSh hududida o‘tkazilishi kerak.
Fikrlar