Eron hukumati “Bavariya” sobiq futbolchisining mulkini musodara qildi
Eron hukumatı "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi va Eron terma jamoasining sobiq sardori Ali Karimiy bilan bog‘liq deb taxmin qilinayotgan oltita ko‘chmas mulk obyektini musodara qildi.
Sobiq futbolchi hozirda xorijda yashab, Eronning amaldagi rahbariyatini tanqid qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Karimiy noroziliklarni qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, 1979 yildagi Islom inqilobi natijasida ag‘darilgan monarxiyani qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq mamlakat rasmiylari yanvar oyidagi norozilik namoyishlari va Isroil hamda AQShga qarshi harbiy harakatlar fonida milliy xavfsizlikka qarshi harakat qilayotgan shaxslar mol-mulki musodara qilinishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Mizan agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Karimiyga tegishli ikkita tijorat obyektı va to‘rtta turar joy "sud qarori bilan xalq foydasiga aniqlandi va musodara qilindi."

Fikrlar